HOMILADORLIK FIZIOLOGIYASI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA ONA ORGANIZMINING MOSLASHUV JARAYONLARI
DOI:
https://doi.org/10.37547/Keywords:
Homiladorlik, fiziologiya, rivojlanish bosqichlari, ona organizmi, moslashuv jarayonlari, embrion, homila, platsenta, gormonal o‘zgarishlar, yurak-qon tomir tizimi, prenatal rivojlanish, endokrin tizim, metabolik moslashuv, immun javob, psixoemotsional holatAbstract
Homiladorlik ayol organizmidagi eng murakkab va hayotiy jihatdan muhim fiziologik jarayonlardan biridir, u yangi inson hayotining shakllanishi va rivojlanishiga zamin yaratib beradi. Bu davrda ona organizmi homila hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni ta’minlash maqsadida ko‘plab anatomik, fiziologik, biokimyoviy va gormonal o‘zgarishlarga uchraydi. Homiladorlik odatda 40 hafta davom etadi va uchta asosiy bosqichda bo’ladi, embrional, fetal va tug‘ruq oldi davrlaridir. Har bir bosqichda homila o’sadi, organlar shakllanadi va funksional tizimlar rivojlanadi. Ona organizmi bu jarayonga moslashish uchun yurak-qon tomir, nafas olish, endokrin, siydik ajratish va immun tizimlarida muhim o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Ayniqsa, gormonal muvozanatdagi o‘zgarishlar homiladorlikning davomiyligi va sog‘lom kechishini ta’minlab beradi. Progesteron, estrogen, inson xorial gonadotropini va prolaktin kabi gormonlar ona va homila o‘rtasidagi biologik muvozanatni saqlaydi. Platsenta bu jarayonda oziq moddalar, kislorod va chiqindilar almashinuvini nazorat qiluvchi hayotiy organ hisoblanadi. Mazkur maqolada homiladorlik fiziologiyasining asosiy mexanizmlari, homilaning rivojlanish bosqichlari, ona organizmining moslashuv reaksiyalari, gormonal boshqaruv mexanizmlari va prenatal davrda sog‘lom rivojlanishni ta’minlovchi omillar ilmiy asosda tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada homiladorlikning normal kechishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tibbiy kuzatuv, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy barqarorlikning o‘rni ham alohida yoritib berilgan.
Downloads
References
1. Karimova, Z. M. Inson fiziologiyasi. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2019. – 420 b.
2. Xolmatov, A. A. Akusherlik va ginekologiya asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston fan nashriyoti, 2020. – 512 b.
3. Omonov, R. E. Inson anatomiyasi va fiziologiyasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2018. – 376 b.
4. To‘xtayeva, M. Sh. Endokrin tizim fiziologiyasi. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2022. – 240 b.
5. Yo‘ldosheva, N. A. Akusherlik fiziologiyasi. – Toshkent: “Salomatlik”, 2019. – 430 b.
6. Raxmatullayeva, D. M. Onalik fiziologiyasi. – Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2018. – 312 b.
7. Tursunova, Z. T. Homiladorlikda organizm o‘zgarishlari. – Samarqand: SamDTI nashriyoti, 2021. – 284 b.
8. Jo‘rayev, S. N. Akusherlik darsligi. – Toshkent: “Tibbiyot”, 2016. – 410 b.
9. Xasanova, G. T. Platsenta tuzilishi va funksiyasi. – Toshkent: “Fan”, 2018. – 265 b.
10. Qurbonova, D. S. Homiladorlikda gormonal boshqaruv. – Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2021. – 220 b.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Articles published in this journal are licensed under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC-BY 4.0). Under this license:
- Share: Copy and redistribute the material in any medium or format
- Adapt: Remix, transform, and build upon the material for any purpose, including commercially
Attribution required: You must give appropriate credit, provide a link to the license, and indicate if changes were made.
License URL: https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/
Authors retain copyright of their work while granting the journal first publication rights.